Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Istiqlol davri tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumaniga taklif etamiz!


O’zbekiston Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Sizni 2021-yilning 15-sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʼttiz yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan “Istiqlol davri tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumaniga taklif etadi.

 

         Аnjuman quyidagi shoʼbalar boʼyicha ish olib boradi:

•        oʼzbek tilshunosligining nazariy masalalari;

•        mumtoz adabiyot va matnshunoslik masalalari;

•        oʼzbek adabiyoti — tadqiq va talqin;

•        adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid masalalari;

•        adabiy aloqalar va tarjimashunoslik;

•        folklorshunoslik masalalari.

 

Аnjumanda amal qiluvchi til: oʼzbek tili

 

Аnjumanda ishtirok etish uchun quyidagilarga eʼtibor qaratilishi lozim: Maqolalar 2021-yilning 1-sentyabriga qadar tashkiliy qoʼmitaning elektron manziliga (anjuman2021@yandex.com) talablar asosida ishtirokchining anjumanga taqdim etayotgan maʼruza nomi, maʼruza matni va ishtirok etish shakli hamda shoʼʼbasi aniq koʼrsatilgan holda yuborilishi lozim.

 

Hurmatli anjuman qatnashchilari, Sizlardan maqolalarni tayyorlashga qoʼyiladigan talablarga diqqatingizni qaratishingiz soʼrab qolamiz!

 

Аnjumanda ishtirok etish uchun yuboriladigan anjuman materiallarining rasmiylashtirilish tartibi quyida keltiriladi:

 

Аnjuman materiallari nashri:

Tanlab olingan materiallar “Istiqlol davri tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folьklorining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani materiallari toʼplam sifatida PDF shaklda (elektron) tayyorlanadi.

Tashkiliy qoʼmita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda va qaytarilmaganda, bu boʼyicha izoh bermaslik huquqiga ega.

Maqolaga toʼlov qilinganligi haqidagi kvitantsiyasining nusxasi ham biriktirilgan holda elektron manzilga (anjuman2021@yandex.com) yuboriladi.

Sizning elektron manzilingizga Tashkiliy qoʼmita tomonidan maqolangiz qabul qilinganligi haqida xabar yubriladi, agar Sizga 3 kun oraligʼida bunday xabar yuborilmasa, u holda Tashkiliy qoʼmita bilan qayta aloqaga chiqishingiz soʼraladi.

Anjuman yakunida materiallar toʼlami (PDF shaklda), sertifikat taqdim etiladi.

 

Maqolani tayyorlashga qoʼyiladigan talablar:

 

Maqola hajmi – 7 betdan kam boʼlmasligi lozim.

•        maqola matni doc. formatida, 1,5 intervalda, oʼng tomondan – 30 mm, chap tomondan – 15 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 14 kegl shriftda tayyorlanadi;

•        maqola nomi 12 soʼzdan ortmasligi;

•        maqola annotatsiyasi maqola matnidan oldin berilishi lozim;

•        annotatsiyadan soʼng kamida 5-7 ta kalit soʼz keltirilishi shart;

•        maqola matni kalit soʼzlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak.

Muallif haqida maʼlumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastdan muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ularning cheti – oʼng tomonida (*) havolasi ostida muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili koʼrsatilishi lozim.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: Manba havolasi toʼrtburchak qavs ichida, manba muallifi familiyasi, nashr yili va sahifasi koʼrsatilgan tartibda beriladi.

•        [Nurmonov, 2012: 56].

•        foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati yuqorida qayd etilgan tartibda matnning soʼnggida beriladi;

Toʼlov shartlari:

         Anjuman materiallari toʼplami PDF shaklida (elektron) chop etish uchun ishtirokchilar tomonidan maqolaning har bir sahifasi (sertifikat bilan) uchun 6 000 soʼm miqdorida tashkiliy badal mablagʼini toʼlashlari zarur.

 

MUROJААT UChUN TАShKILIY QOʼMITА: 100047, Toshkent sh., Yahyo Gʼulomov koʼchasi 70 uy. Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va follori instituti.

Tel: (71) 233-67-28, mobil: +99897 768-97-98.

e-mail: anjuman2021@yandex.com Ismoilov Gʼulom.

Аhmedova Аziza +99897 782-88-21

Imomnazarova Shahodatbonu +998 99 798-70-80

Аllambergenov Аnvar +99899 730-91-98


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!