馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 2022-yil tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul e'lon qilinadi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2022- yil uchun quyidagi ilmiy yo始nalishlar bo始yicha

Q袗BUL E’LON QILIN袗DI:

•           fizika-matematika va texnika;

•           tabiiy fanlar;

•           ijtimoiy-gumanitar fanlar.

 

Qabulga tegishli barcha zarur ma始lumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy bo始limlarida tanishish mumkin.

Hujjatlar 2021-yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2021-yilning 1-25-noyabr davrida bo始lib o始tadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

-           chet tili (ta始limning oldingi darajalarida o始rganilgan xorijiy til);

-           mutaxassislik.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-           oliy ta始lim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma始lumot to始g始risidagi diplomga ega bo始lish;

-           muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo始lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yo始nalishlar bo始yicha ilmiy ishlar to始plamlariga kiritilgan ikkita ma始ruza-tezisga ega bo始lish;

-           xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;

-           zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

 

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan so始ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo始lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo始nalishlar bo始yicha ilmiy ishlar to始plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo始lish.

 

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan ta始minlanadilar.

Qo始shimcha ma始lumot va qabul kvotalarini www.academy.uz  saytidan olish mumkin.

Ma始lumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!