О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1956 – 1962-yy.)
О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947-y.), geologiya-mineralogiya fanlari doktori
SSSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1958-y.)
Geologiya sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi
1912-yil 21-avgustda О‘sh viloyatining Aravan qishlog‘ida tavallud topgan.
1962- yil 20-iyunda vafot etgan va Toshkent shahrida dafn etilgan.
Lenin mukofoti laureati (1959 y.)
Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (vafotidan sо‘ng, 1970-y.)
Buyuk Britaniya va Fransiya ilmiy geologiya jamiyatlarining haqiqiy a’zosi.
О‘rta osiyo industriya institutini tamomlagan (О‘OII, 1935-y., hozir ToshDTU)
Mehnat faoliyati davomida О‘OII assistenti, dotsenti, direktori, О‘zbekiston KP MQ sanoat bо‘limi mudiri, О‘zSSR Ministrlar Kengashi raisi о‘rinbosari, О‘zSSR Davplani qo‘mitasi raisi, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va Prezidenti, shuningdek О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv lavozimlarida ishlagan.
180 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 8 ta monografiya muallifi.
7 ta fan doktori va 28 ta fan nomzodini tayyorlagan.
2002-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan sо‘ng).