Manzil: | 100128, Toshkent sh., Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 32 |
Direktor: | Shomurodov Habibullo Fayzulloevich |
Telefon: | (+998 71)262-37-95 |
Fax: | (+998 71) 262-37-89 |
Sayt: | FLORUZ.UZ |
Botanika instituti 1940-yilda tashkil topgan va o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va saqlab qolish sohasida O‘zbekistonda yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasa hisoblanadi. O‘zbekiston florasi, o‘simliklar qoplami va o‘simliklar sistemakasi Institutning ilk yo‘nalishlaridan hisoblanadi. O‘tgan asrning 60-yillarida morfologiya va anatomiya, mikologiya va algologiya, o‘simliklar fiziologiyasini o‘rganish va o‘simlik resurslarini aniqlash bo‘yicha yangi laboratoriyalar tashkil etildi. 1998-yilda Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i bilan birlashtirilgan. 2001-yilda Botanika instituti va Botanika bog‘i qoshida “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va strukturasini optimallashtirish chora tadbirlari haqida” gi №33 qaroriga binoan “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazi va O‘zR FA Zoologiya institutining umumlashtirilishi asosida 7.02.2012 tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi PF-325 “O‘zbeksiton Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkillashtirish chora tadbirlari haqida” qaroriga asosan Botanika instituti O‘zR FA mustaqil ilmiy-tadkikot muassasasi sifatida ajratildi.
Botanika instituti flora, o‘simliklar sistematikasi, geobotanika, morfologiya va anatomiya, mikologiya, algologiya, resursshunoslik, kamyob va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar kadastri va davlat kadastrini yuritish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishga ixtsoslashtirilmoqda.Mustaqillik yillarida Institutda O‘rta Osiyo florasining zamonaviy tarkibi tuzilgan, Mahalliy florani yaratish bo‘yicha yangi tadqiqotlar boshlangan, botanik-geografik rayonlashtirishning yangi sxemasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston mahalliy floralarining yangi elektron ma'lumotlar bazasi ishlab chiqilgan.
Bu vaqt mobaynida O‘zbekistonning turli hududlaridan fan uchun 33 dan ortiq yangi tur topilgan. Milliy Qizil kitobning 3 ta nashri tayyorlangan, o‘simliklarning quruqchilik o‘sish sharoitlariga strukturaviy moslashish qonuniyatlari aniqlangan, O‘zbekistonning bir qator hududlari, jumladan Orol dengizi qurigan tubining o‘simliklar qoplami xaritalari tuzilgan. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari yuksak o‘simliklari florasi kadastri amalga oshirilgan. Bevosita Institut xodimlari ishtirokida bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi va milliy strategiya ishlab chiqilgan (2015).
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
- tahlil, O‘zbekiston o‘simliklar olami ob'yektlarini monitoring qilish va baholash, asosiy botanik hududlarni identifikatsiya qilish, milliy ma'lumotlar bazasini shakllantirish, milliy Qizil kitob va O‘zbekiston florasi davlat kadastrini yuritish, xom ashyo o‘simliklarini inventarizatsiya qilish;
- molekulyar filogeniya va sistematikani rivojlantirish, elektron barkodlash va O‘zbekiston florasining kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini pasportlash;
- o‘simliklarning iqtisodiy jihatdan istiqbolli turlarini introduksiya va akklimatizatsiya qilish, O‘zbekiston florasining kamyob, yo‘qolib borayotgan va endem turlarining genetik bankini yaratish;
- ekosistemalarning zamonaviy holatini antropogen omillar va cho‘llanish jarayoni ta'siri ostida baholash, arid ekosistemalaridan barqaror foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
Asosiy ilmiy natijalar:
Institutning 2017 yildagi yutuqlari:
2017 yil bo‘yicha jami 69 ta ilmiy maqola chop etilgan, jumladan 45 ta maqola - xorijiy jurnallarda (Phytotaxa, PhytoKeys, Turczaninowia, Iranian Journal of Botany, Studies in Mycology, PLoS ONE, Mycosphere, Botany (Ottawa) va boshq.). Xorijda o‘tkazilgan ilmiy konferensiya to‘plamlarida - 13 ta ma'ruza, respublikada o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida - 13 ta ma'ruza.
Ilk bor florani tahlil kilish, oilalar va turkumlarning originalligi, endem va subendem taksonlar ro‘yxati va ularning geografik aloqalari, o‘simliklar qoplami va landshaftlarining xususiyatlari asosida GAT yordamida tuzilgan O‘zbekiston botanik-geografik rayonlashtirishning murakkab sxemasi ishlab chiqilgan. O‘zbekistonnning tog‘li qismi hududida 8 ta okrug va 23 ta rayon, tekislik kismida esa - 8 ta okrug va 15 ta rayon ajratildi. Rayonlashtirish kriteriyalari, tabiiy fitoxorionlarni aniqlash ayrim hududlarning botanik-geografik joylashuviga tegishli bir qator muammolarga yechim topildi. Tadqiqotlar natijalari «Botanical Geography of Uzbekistan» monografiyasida chop etildi.