Manzil: | 100125, Toshkent sh., Ziyolilar ko'chasi, 13 |
Direktor: | Sultanov Karim Sultanovich |
Telefon: | (+998 71) 2627132 |
Faks: | (+998 71) 2627152 |
Sayt: | instmech.uz |
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti faoliyati asosiy ilmiy yo'nalishlarini quyidagidan iborat: Grunt sharoiti, fazoviy omillar, chiziqsizlik xossalari va seysmik ta'sirning ihtiyoriy ko'rinishlarini inobatga olgan holda, yer osti inshoatlari, asoslar va poydevorlarning seysmodinamikasi uchun ilmiy asoslar yaratish va rivojlantirish bo'yicha izlanishlar olib borish; dinamik ta'siri ostidagi jismlar va grunt muhitlarlarning konstruktiv va tizim hossalarini inobatga olgan xolda deformasiyalanishi, mustahkamligi va seysmik turg’unligini o'rganish; gidrotexnik inshootlar dinamikasi va zilzilabardoshligi sohasida izlanishlar olib borish; plastina va qobiqlar nazariyasini materiallarining hususiyatlarini va konstruktiv hossalarini hisobga olgan xolda rivojlantirish; inshootlarni kuchlanganlik - deformasiyalanganlik holatlarini xamda ularning grunt bilan o'zaro ta'sirini tadqiq qilish bo'yicha modelli va tabiiy eksperimentlar o'tkazish; murakkab yuklanish holatdagi konstruksion materiallarning xususiyatlarini va deformasiyalanishi bo'yicha izlanishlar olib borish, deformasiyalanuvchi muhitlar uchun elastik-plastik jarayonlari nazariyasini rivojlantirish; bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta'minlash va aktiv seysmik himoyasi usullari bo'yicha tavsiyalar, hayot ta'minlovchi tizimlar uchun seysmik riskini kamaytirishi uchun strategiya ishlab chiqish; suyuqlik Mexanikasi, gaz, reologiya, ko'p muhitli oqimlar muammolari va gidroyuritmalarning samarali ishlashini ta'minlovchi eksperimental va nazariy tadqiqotlar olib borish; mashinalar dinamikasi va ularning optimal loyixalash, tejamkorligini ta'minlash borasida izlanishlar olib borish; mashina va mehanizmlarning yangi avlodini yaratish hamda hisoblash va loyixalash usullarini ishlab chiqish; neft va gaz, tog’-metallurgiya sanoatida zahar moddalarni kamaytirish borasida izlanishlar olib borish.