Manzil: | 100053, Toshkent sh.,Mirzo Ulug'bek 77-A |
Direktor: | Sagdullaev Shomansur Shohsaidovich |
Тelifon: | +998712625913 |
Faks: | (+998 71) 2627348; 1206475 |
Sayt: | http://uzicps.uz |
O'simlik moddalari Kimyosi instituti (UMKI) – O'simlik moddalari kimyosi dorivor fitoprerapatlar va o'simliklarni ximoya qilish vositalarini yaratish bo'yicha yirik ilmiy tadqiqot muassasasi. Institut tomonidan O'rta Osiyo o'simlik resurslarini Amaliy o'zlashtirish o'simliklardan yuqori raqobatbardosh xususiyatga ega bo'lgan, jaxon namunalariga javob beradigan yangi yuqorisamarador dori vositalarini ishlab chtqarishga katta xissa qo'shilgan.Tabiiy birikmalar kimyosi soxasidagi maqsadli va keng tadqiqotlar Sobir Yunusovich Yunusov raxbarligida 1943 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo instituti organik kimyo bo'limi tarkibida alklaloidlar kimyosi laboratoriyasi tashkil etilgandan so'ng boshlandi, S.Yunusov, akad.A.P.Orexovning shogirdi , u boshlagan ishini davoi ettirdi. Balki yangi alkoloid-alkaloidalar kimyosining nazariy asoslari va amaliy jixattan zarur bo'lgan preperatlarni yaratish maqsadida uning asosida tutuchi o'simliklarni izlash va ular tarkibidagi alkaloidlarining kimyoviy tuzilishini o'rganish bo'yicha tadqiqotlarni sifat jixatidan yangi pog'onaga olib chiqdi. Alkoloidar kimyosi laboratoriyasining yutuqlari 1956 yilda yaangi institut tashkil qilish masalasini ko'tarib chiqishga asos bo'ldi. Institutning ilmiy yunalishi – o'simliklarning vegetatsiya(o'sish) davri va o'sish xudidiga bog'liq xolda barcha organlardagi o'simlik moddalarini kompleks o'rganishdan iborat. Bu yunalishni rivojlantirish ko'p muammolarni xal qilish bilan bog'liq : O'simlik moddalarini ajratib olish uslublarini ishlash , ularning kimyoviy strukturasini o'rganish, O'simlik organizmining asosiy qismi sifatida tabiiy birikmalarining o'zaro boqlikligiga va bir biriga o'tishini, fiziologik faollik va kimyoviy tuzulish o'rtasidagibog'liqlikni aniqlash. Institut ilmiy tadqiqot ishlarini tematikasida o'simlik moddalari aratishda yangi dorivor preparatlarni yaratishga katta o'rin berilgan. Institutning S.Yu.Yunusov tomonidan taklif etilgan strukturaviy tuzilishi o'simlik moddalarini kompleks tadqiq qilish va olingan natijalarini amaliyotga tadbiq etishga yunaltirilgan. Institutning ko'p yillar davomida ortirgan tajribasi fitokimyoviy tadqiqotlarni konveer tizimini ishlab chiqishigazamin yaratdi, bu tizim asosidagi ish xozirgi vvaqtda xam davom etmoqda. O'simliklarning fitokimyoviy tadqiqotlarning konveer kompleks tizimi botanik tadqikotlari, kimyoviy tadqiqotlari, ajratib olingan moddalarning biologik skrining birikmalarini o'tkazish, farmokologik va toksikologik xosslarani o'rganish (klinik oldi sinovlari), substantsiyalar va dori shakillarini ishlab chiqarishni yaratish, preperat bilan klinik sinovlarini ta'minlash xalk xo'jaligigi tadbiq ettilishini kamrab oladi. Alkaloidlar kimyosi laboratoriyasida kshp sonli yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi yutuqlar institut tadqiqotlariga yangi yunalishlarni kiritishga asos bo'ldi, bu esa Institut strukturasi o'zgarishga sabab bo'ldi. 1956 yilda Institut tarkibida beshta tadqiqot laboratorisi : alkaloidalr kimyosi, g'o'za kimyosi, tabiiy polimerlar kimyosi, glikozidlar kimyosi va organik sintez kimyosi laboratoriyalari mavjud edi. 1956 - 64 yillarda farmakologiya va kimyoterapiya, lipidlar kimyosi, dorivor va texnik o'simliklar , o'stiruvchi moddalar, gerbetsidlar, defoliantlar, tajriba texnologiya laboratoriyalari tashkil etildi. 1965-70 yillarda akademiklar M. M. Shemyakin, Yu.A. Ovchinnikov va N.N. Melnikov kabi ko'zga ko'ringan olimlar qo'llab qo'vatlanganliklari tufayli S.Yu.Yunusov yosh fan doktorlari raxbarligida yangi laboratoriyalar , xususan, o'simlik uglevodlari, lakton va kislotalari, o'simliklar oqsili, nuklein kislotalar, kumarin va terpenoidlar, fosfor tutuvchi birikmalari, lignin, fizik uslublar va fito toksikologiya laboratoriyalari tashkil etildi. 1980-85 yillarda tajriba ishlab chiqarish korxonasi va sintetik preparatlar texnologiyasi laboratoriyalari tashkil topdi. 2004 yilda genetika va o'simliklar eksperemental biologiyasi institutidan molekulyar genetika laboratorisi bizning istitutga o'tkazildi. Xozirgi vaqtda ilmiy tadqiqotlarga qo'yilgan zamon talablari asosida Institut o'z strukturasini qayta ko'rib chiqdi. Bugungi kunda Institutda 11 ta laboratoriya , 2 ilmiy bo'lim va tajriba sanoat korxonasi mavjud.