Bog'lanish
Manzil: | 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2b |
Direktor: | Olimov Xusniddin Kosimovich |
Теlifon: | (+998 71) 233 12 71 |
Faks: | (+998 71) 235 42 91 |
Sayt: | http://fti.uz |
Fizika-texnika instituti (FTI) 4 noyabr 1943 yilda tashkil etilgan va Markaziy Osiyoda fizika - texnika sohasida keng qamrovli fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradigan birinchi ilmiy muassasa xisoblangan hamda ushbu mintaqadagi ilmiy va texnologik rivojlanish bilan bog'liq bir qancha muhim vazifalarni bajargan:
- fizika va texnika fanlari sohasida yangi fundamental va amaliy tadqiqotlar vujudga kelishida katalizator bo'lib xizmat qilgan;
- institutdagi olib borilgan ilmiy tadqiqot yo'nalishlari asosida Fanlar akademiyasida ham, mamlakatning turli vazirliklarida, idoralarida va oliy o'quv yurtlarida ham yangi ilmiy-tadqiqot institutlari va kafedralar yaratilishiga xizmat qilgan;
- butun mintaqaning fan va oliy ta'lim tizimida yuqori malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi bo'lgan.
Institutning ushbu vazifalaridan birinchi tashkil etilgandagi tarkibiy tuzulmasi va keyingi rivojlanishining quyidagi o'ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi: tadqiqot sohalarining keng qamrovliligi va istiqbolli ilmiy muammolarga alohida e'tibor berib borilishi; mintaqadagi oliy ta'lim muassasalari bilan yaqin aloqalar o'rnatilganligi; iqtidorli yoshlarni talabalik davridan ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilib borishga intilinishi; institute faoliyatini iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amalda ro'yobga chiqarishga qaratilganligi.
Fizika-texnika institutida fundamental va amaliy tadqiqotlarning zamonaviy sohalari rivojlanib kelgan. Natijada institutning ilmiy yo'nalishlari asosida bir qator yangi ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etilgan. FTI bo'linmalari bazasida 1956 yilda Yadro fizikasi instituti, 1967 yilda Elektronika institutida tashkil etilgan. 1986 yilda institutning bazasida "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan. 1987 yilda institutning ilmiy-texnika ishlanmalari natijalari asosida noyob optik-oyna kompleksi bilan jihozlangan 1000 kVt quvvatli Katta quyosh pechi foydalanishga topshirilgan. Ushbu kompleks asosida 1993 yilda Materialshunoslik instituti tashkil etilgan, unda yuqori haroratli birikmalarni sintez qilish bo'yicha original tadqiqotlar olib borilmoqda. Universitetlarda o'nlab kafedralar va laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari yaratilgan. Fizika-texnika instituti rivojlanishining yana bir natijasi - O'zbekistonda ilm-fan va texnika sohasidagi yangi ilm-fan maktablarini tashkil etish bo’lib, ular o'nlab iqtidorli va yuqori mahoratli olimlarni ilmiy jihatdan birlashtirgan hamda hozirda ushbu maktablarning eng muhim ilmiy natijalari dunyoning etakchi ilmiy jurnallarida nashr etilgan va obro'li ilmiy forumlar jahon miqyosida e'tirof etilgan. O'zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyin yanada kuchli qo'llab-quvvatlangan ushbu ilmiy maktablar fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi sohalardagi olimlarni birlashtiradi: yuqori va o’ta yuqori energiya fizikasi; yarimo'tkazgichlar fizikasi; nazariy fizika; quyosh energiyasini issiqlik va elektr energiyasiga aylantirish.