Manzil: | 100204, Toshkent sh., Muxtor-Ashrafiy 1-o‘tar ko‘chasi, 9-A |
Direktor: | Muratov Xakim Maxmudovich |
Telefon: | (+998) 71-283-23-08 |
Faks: | (+998) 71-283-23-08 |
Sayt: | www. |
Energetika muammolari instituti о‘zining rivojlanish yo‘lida kо‘p yillik tarixga ega. Energetika muammolari instituti О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 273-sonli Qaroriga asosan 2016-yil 13-iyulda tugatilgan О‘zRFA Energetika va avtomatika institutining bazasida tashkil topgan va 2021-yil 4-mayga qadar faoliyat yuritgan ““О‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJning barcha vakolatlarini olib О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarkibida tashkil etilgan. О‘zR FA sobiq Energetika va avtomatika instituti о‘zining faoliyatini 1941-yilda tarqatib yuborilgan Suv va energetika muammolari institutining energetik ilmiy bо‘linmalari asosida boshlagan. Tadqiqotlarning asosiy yо‘nalishlari: mamlakatning barqaror energetika rivojlanishi strategiyalarini ishlab chiqarish, о‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga yoqilg‘i-energetika majmuasining rivojlanish va takomillashtirish dasturini ishlab chiqish; yoqilg‘i-energetika majmuasining dolzarb muammolarini о‘rganish, global va mintaqaviy energetika rivojlanishining hozirgi tendensiyalarini tahlil qilish, О‘zbekiston energetikasining о‘rta va uzoq muddatli rivojlanishini bashorat qilish; respublika iqlim sharoitida muqobil (noan’anaviy) energiyaga asoslangan energetika uskunalari va tizimlarining yangi texnologiyalarining resurs sig‘imdorligini о‘rganish; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida energiya iste’molini kamaytirish bо‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish; energetika sohasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini ishlab chiqish, “aqlli tarmoqlar” nazariyasini va energetika sohasiga joriy etish usullarini ishlab chiqish; mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar sharoitida tabiiy va texnogen xarakterga ega yoqilg‘i-energetika majmuasi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazish; mintaqaga qо‘shni mamlakatlar о‘rtasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish bо‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida an’anaviy, shuningdek, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bilan bog‘liq fundamental va amaliy tadqiqotlar о‘tkazish hamda innovatsion ishlanmalar ishlab chiqish