F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'iga 1943 yilda asos solingan. O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinobosari B.Yu. Xodievning 2015 yil 27 avgustdagi № 07-23-1- son topshirig'i, Fanlar Akademiyasi hay'atining 2015 yil 22 sentyabrdagi № HQ-29- sonli qarori, Fanlar Akademiyasi Prezidentining 2015 yil 2 oktyabrdagi № 21-115 sonli buyrug'iga asosan Botanika bog'iga alohida yuridik maqom berilib, “Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'i” davlat muassasasi tashkil etilgan.
Botanika bog'ida mavjud bo'lgan o'simliklar genofondini saqlash va boyitish, O'zbekistonda biologik xilma-xillikni oshirishning ilmiy asoslarini yaratish maqsadida yangi istiqbolli o'simliklarning kollektsion ko'chatzorlarini barpo qilishdan iborat. - iqtisodiy qimmatli istiqbolli o'simliklar introduktsiyasi va akklimatizatsiyasi O'zbekiston florasining noyob, yo'qolib borayotgan va endemik turlari gen bankini yaratish; - Qizil kitobga kiritilgan, noyob va yo'qolib borayotgan O'zbekiston florasi turlarini saqlash va tabiiy sharoitga reintroduktsiya qilish; - mahalliy va iqlimlashtirilgan dorivor o'simliklar genofondini saqlash va boyitib borish. Dorivor o'simlik turlarini madaniylashtirish hisobiga farmatsevtika muassasalari va fitobarlarni ta'minlash, shuningdek farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar va Botanika bog'i hamkorligida import preparatlar o'rnini bosuvchi o'simlik homashyolarini tayyorlash va etkazib berish.