“Quyosh energetikasi: ustuvor tadqiqotlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
25.12.2019
25
Joriy yil 24-25-dekabr kunlari O‘zR FA Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlari tomonidan “Quyosh energetikasi: ustuvor tadqiqotlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjuman ishida Quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi ustuvor ilmiy yo‘nalishlar, uning bugungi kundagi holati va rivojlanish tendensiyalari, ushbu yo‘nalishda xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.