Har yilgi an’anaga ko’ra bu yil ham O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan “Akademiada-2018” sport musobaqasi tashkil etildi. Bunda ishtirokchilar sportning stol tennisi, shaxmat va yoshga oid Akademkross turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.