Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh olimlarning xalqaro ilmiy hamkorligi


O‘zR FA Zoologiya instituti Xitoy Fanlar akademiyasi Pekin shahridagi Zoologiya instituti bilan qator ustuvor vazifalar va ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik o‘rnatish yuzasidan quyidagi yo‘nalishlarda memorandum loyihasi ishlab chiqildi va imzolandi.

  • Bioxiilma-xillikni o‘rganish, hayvonot dunyosi monitoringini yuritish, zararkunanda va parazitlar sonini nazorat qilish;
  • Institut olim va mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda tashriflarni amalga oshirish;
  • O‘zbekiston faunasining milliy axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish;
  • Hamkorlikda konferensiya, simpozium va seminarlarni tashkil etish, hamda olingan natijalarni muhokama qilish va chop etish.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 25-30-iyun kunlarida O‘zR FA Zoologiya instituti tayanch doktaranti Dilshod Musaev Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akdemiyasining Pekin shahridagi Zoologiya institutida “Zararkunandalarga qarshi kurashning zamonaviy usullari va ularning monitoringi” dasturi doirasida o‘quv trening kurslarida ishtirok etmoqda.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!