Yosh olimlarning xalqaro ilmiy hamkorligi

O‘zR FA Zoologiya instituti Xitoy Fanlar akademiyasi Pekin shahridagi Zoologiya instituti bilan qator ustuvor vazifalar va ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik o‘rnatish yuzasidan quyidagi yo‘nalishlarda memorandum loyihasi ishlab chiqildi va imzolandi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 25-30-iyun kunlarida O‘zR FA Zoologiya instituti tayanch doktaranti Dilshod Musaev Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akdemiyasining Pekin shahridagi Zoologiya institutida “Zararkunandalarga qarshi kurashning zamonaviy usullari va ularning monitoringi” dasturi doirasida o‘quv trening kurslarida ishtirok etmoqda.