Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ochiq osmon ostidagi yana bir muzey


Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km masofada Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o'ng qirg'og'ida joylashgan.

Yodgorlikning janubi-janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko'p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan. 2018-yildan buyon bu yerda "Oltin Meros" xalqaro xayriya jamg'armasining Toshkent viloyati bo'limi tashabbusi hamda moliyaviy ko'magi bilan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti (S.R.Ilyasova) va O'zR FA Tarix instituti (E.F.Vulfert) qo'shma ekspeditsiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.

 

Ilmiy izlanishlar natijasida ushbu yodgorlikda Qoraxoniylar davriga oid (X-XI asrlar) turar-joy majmuasi topildi. Ushbu yodgorlikni saqlab qolish uchun qazilma ishlari olib borilgan umumiy maydoni 200 kv.m. joyning tepasiga ship o'rnatildi. Bu Toshkent viloyatida o’rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo’ldi.

Shodmalik ota majmuasi hozirgi shaklda turistik diqqatga sazovor joy bo'lib, unga Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik joy - ochiq osmon ostidagi muzey va statsionar arxeologik baza kiradi. Kelajakda Shodmalik ota majmuasi negizida arxeologik muzey qurilishi rejalashtirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!