Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“Kelajak energiyasi” loyihasi


USAIDning “Kelajak energiyasi” loyihasi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko'maklashish va AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o'rtasida o'zaro memorandum doirasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida seminar tashkil etildi.

  

Ushbu seminarda Olmaota energetika va aloqa universitetida ishlab chiqilgan o’quv dasturi va amaliyotga tadbiq qilish tajribasi taqdim etildi. Olmaota energetika va aloqa universitetida va O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari oliy o'quv yurtlarida qayta tiklanadigan energiya manbalarini o'qitish uchun zarur bo'lgan eng muhim jihatlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ushbu seminar USAIDning “Kelajak energiyasi” mintaqaviy loyihasi Tetra-Tek koorporatsiyasi filiali tomonidan amalga oshirildi.

Ushbu seminarda energetika va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi tadqiqot va yangi ishlanmalar  bilan shug'ullanuvchi universitetlar va laboratoriyalar o'qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!