Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan va amaliyot: Toshkent viloyati hokimi olimlar bilan uchrashdi


Joriy yil 3 mart kuni OʼzR FА Yadro fizikasi institutida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda bugungi kunda viloyatda faol ish olib borayotgan meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan agroklasterlar rahbarlari, tuman hokimlari ham qatnashdi.

– Qishloq xoʼjaligi sohasi bugun olimlarning maslahati va yangi ishlanmalariga nihoyatda muhtoj. Viloyatda tashkil etilgan meva-sabzavotchilik klasterlari jahon bozori uchun raqobatbardosh, ekologik talablarga javob beradigan mahsulot yetishtirishi, shuningdek, tola sifati yuqori boʼlgan paxta navlarini yetishtirishi juda muhim – dedi viloyat hokimi Rustam Xolmatov.

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev keyingi yillarda mamlakatimizda ilmiy jamoatchilik oʼtkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga tadbiq etishda muhim oʼrin tutishini va bu borada olimlar hamisha hamkorlikka tayyor ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida OʼzR FА olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar koʼrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, FА Yadro fizikasi instituti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, radiopreparatlar, tibbiyotda qoʼllaniladigan mahsulotlarga radioatsiyaviy ishlov berish markaziga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida FА Yadro fizikasi instituti direktori Ilxom Sodiqov Markaz faoliyati haqida gapirar ekan, ushbu Markaz respublikamizning sterillangan tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlariga boʼlgan ehtiyotini toʼliq qamrab olishini taʼkidlab oʼtdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!