Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamkorlik amalda


Avval xabar beganimizdek, O’zF FA Navoiy bo‘limi bilan “Zarafshan Golden Group” o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Ushbu jamiyat Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalariga tegirmonlar uchun temir sharlar hamda boshqa qattiq jinslarni maydalash uchun detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadidagi qo‘shma korxonani tashkil etish xalqaro loyihasida O‘zbekiston tomonidan ishtirok etmoqda.

Navoiy shahriga Xitoyning “Ninguoy emirilishga bardoshli materiallar zavodi” MChJ mutaxassislaridan va ushbu kompaniyaning Tojikistonda samarali faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya loyihani amalga oshirishni muhokama qilish maqsadida kelishdi.

Xorijiy mehmonlar avval Viloyat hokimi bilan uchrashib, so‘ngra “Zarafshan Golden Group” rahbariyati bilan hamrohlikda O’zR FA Navoiy bo‘limiga tashrif buyurishdi. Bo‘limda ularga bo‘lim ilmiy-tadqiqot faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi. O‘z navbatida xitoylik tadbirkorlar hududdagi foydali qazilma boyliklarini izlab topishga va ularga mablag‘ kiritishga tayyorligini bildirishdi.

Muhokama ishtirokchilari o‘zaro fikr almasharkan, yirik xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda ilmiy yondoshuv va innovatsion texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlashdi. Xalqaro uchrashuv uch tomonlama kelishuv bilan yakunlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!