Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonda g‘o‘zaning yangi navlari yaratildi


Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi olimlari tomonidan g‘o‘zaning yangi «Zangi-Ota-2», «Ishonch» hamda «Zafar» navlariga patent olindi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, g‘o‘zaning yangi istiqbolli «Zangi-Ota-2» navi tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori, turli iqlim-tuproq moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Hozirda bu nav Qashqadaryo viloyati yangi navlar urug‘ligini ko‘paytirish fermer xo‘jaligida ko‘paytirilmoqda.

G‘o‘zaning yangi istiqbolli «Ishonch» navi andoza navlarga qaraganda, suv tanqisligi, tuproq sho‘rxokligiga bardoshli, tola sifati jahon standartlariga to‘la javob beradi. Ishonch g‘o‘za navi hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining suv tanqis tumanlarida ekib ko‘paytirilmoqda.

G‘o‘zaning istiqbolli «Zafar» navi olingan natijalarga asosan respublikaning turli viloyat nav sinash shoxobchalarida tolaning sifat ko‘rsatkichlari yuqori va barqaror bo‘lganligini ko‘rsatdi. Bu nav hozirgi kunda Quva tumani yangi navlarni urug‘ligini ko‘paytirish fermer xo‘jaliklarida ekib ko‘paytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda g‘o‘zaning yangi - «Niyat» navi yaratilgandi.

https://kun.uz/uz/news/2019/02/06/ozbekistonda-gozaning-yangi-navlari-yaratildi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!