Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish: akademik Sirojiddin Zaynobiddinov bilan onlayn suhbat


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni fizika sohasidagi yetuk olim, OʻzR FA akademigi Sirojiddin Zaynobiddinov bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biloglar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Nukus shahridagi Prezident maktabi o’qituvchi va o’quvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Onlayn suhbatda akademik Sirojiddin Zaynobiddinov o’quvchilarga o’zining maktab va talabalik davrlari, ilmiy izlanishlari, mamlakatimizda fizika sohasi olib borilayotgan ishlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. O’quvchilar bu kabi uchrashuvlarning tez-tez tashkil qilinishi o’qish jarayonida hamda kelajakda biror kasbni chuqur egallashlarida katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, akademik Sirojiddin Zaynobiddinovga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!