Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh matematik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi


O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 3-yil tayanch doktoranti Jasurbek Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Yosh matematik hozirda Institutning algebra va funksional analiz bo‘limida 01.01.01 – matematik analiz mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Ilmiy ishining mavzusi “Diz’yunkt to‘la banax modullarining tasnifi”. Bitta o‘quv qo‘llanma va 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ulardan ko‘pi nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan.

2012-yilda Estoniyaning Tallin texnika universiteti tashkil etilgan “Innovation Theory and Management” nomli yozgi maktabda ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. 2014-yilda Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan XXVII Xalqaro matematiklar kongresida ilmiy ma’ruza bilan qatnashgan. 2017- yilda Belorusiyaning Mogilev shahridagi Belorussiya-Rossiya universitetining VIII Ochiq olimipiadasida O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi rahbari sifatida, 2018 yilda Urganch shahrida tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi matematika bo‘yicha I Xalqaro olipiadaning tashkiliy qo‘mitasining ishida faol ishtirok etdi. 2018-2019-o‘quv yili Qori-Niyoziy nomidagi stipendiya sovrindori.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!