Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yana bir yangi zamonaviy markaz ishga tushdi


Joriy yil 18-mart kuni O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutida 3 ta moduldan iborat “GMP talablari bo‘yicha dori vositalari substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalarini sinash ilmiy-texnologik markazi”ning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvahidov, O‘zR FA prezidenti Bexzod Yuldashev, O‘zR Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, shuningdek, akademiklar, yetakchi olimlar va mutaxassislar, xorijiy hamkorlar ishtirok etishdi.

Ushbu markaz tomonidan O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda mamlakatimiz ilmiy markazlari va muassasalari olimlarini fundamental izlanishlari natijasida yaratilgan innovatsion ishlanmalarni tadbiq etish va keyinchalik farmasevtik korxonalarga import o‘rnini bosuvchi va eksportbop 40 ga yaqin dori vositalari va generik substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalari topshiriladi.

 

Bundan tashkari, yana bir muhim vazifasi bu – dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarishning 3 ta texnologik liniyalarini tashkillashtirish. Bular o‘simlik xom-ashyosidan alkaloid, neytral tabiatga ega modifikatsiyalangan tabiiy birikmalarni ishlab chiqarish bo‘lib O‘zbekiston hududidagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bustonlik-farm”, “Parkent-farm” va boshqa hududlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda xizmat qiladi.

 

Yuqorida keltirilgan vazifalardan tashqari Markaz dori vositalar substansiyalarini ishlab chiqaradigan farmasevtik korxonalar xodimlarining malaka oshirishning hamda GMP sharoitlarida ishlay oladigan kadrlarni tayyorlashning yagona joyi bo‘ladi.

Kadrlar tayyorlash, yangi texnologiyalarni sinash, mahalliy farmasevtik korxonalarni dori vositalari substansiyalari bilan ta’minlashdan tashqari ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi va xalqaro talablarga javob berishi natijasida ishlab chiqarish quvvatini 5 barobarga, boshqa bozorlarga chiqishi natijasida eksport hajmini 2 barobarga (moliyaviy ko‘rsatkichda 5 mln AQSh dollari miqdorida) oshirishga imkon beradi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!