O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 24-may kuni O始zbekiston Milliy universitetida ilm-fan sohasi vakillari bilan bo始lib o始tgan uchrashuvida berilgan topshirig’i asosida O始zbekiston Fanlar akademiyasi O始simlik moddalari kimyosi institutiga Yaponiyadan JNM-ECZ600R 600 MGts (Megagerts)li yangi Yadro magnit rezonansi spektrometri va JNM-ECZ400R konsoli olib kelindi.

Hozirgi vaqtda ushbu uskunalar O始zR FA O始simlik moddalari kimyosi institutining Fizikaviy tadqiqot usullari laboratoriyasiga o始rnatildi va ishga tushirildi.
Ishchi chastotasi 600 MGts bo始lgan mazkur Yadro magnit rezonansi spektrometri nafaqat respublikamizda, balki O始rta Osiyoda yagona hisoblanadi.
YaMR spektrometrida olingan spektral ma始lumotlar organik kimyo, farmatsevtika, tibbiy kimyo, kimyo va oziq-ovqat sanoati hamda o始simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqish sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda kimyoviy molekulalarning tuzilishini va stereokimyosini tadqiq qilishda, istiqbolli biologik faol birikmalarni aniqlashda va ularning kimyoviy modifikatsiyalarini, transformatsiyalarini va sintez mahsulotlarini ham sifat ham miqdor jihatidan tadqiq qilishda, “tuzilish-faollik” bog始liqlikni o始rganishda, shuningdek, dori vositalarini o始zaro va biologik nishonlar bilan ta始sirlashish mexanizmlari hamda metabolizm mexanizmlari, ularning ishlab chiqarilishini nazorat qilish va preparatlarning standart namunalarini tayyorlash uchun ahamiyatli.

Yangi organik birikmalarning zamonaviy YaMR spektrlari natijalari asosida impakt faktori yuqori bo始lgan nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish, birinchi marta olingan birikmalar (jumladan, dori vositalari) uchun farmatsevtika ilmiy-texnik hujjatlari va patentlarini rasmiylashtirish ishlari olib boriladi.