Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xotira: 2021-yil ilm-fan yo'qotishlari


2021-yil ham o’z nihoyasiga yetdi. Orqaga nazar solib, yil davomida erishgan va erishmaganlarimiz sarhisobini qilamiz. Shu o‘rinda yo‘qotishlarni eslab, chuqur o‘yga tolasan kishi. Bu qanchalik og‘riqli bo‘lsa-da, hayot qonuni shu.

2021-yil o‘zbek ilm-fani ham yo‘qotishlarsiz bo‘lmadi.

 

Informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashgan boshqaruv tizimlari sohasida yirik olim, OʼzR FA akademigi Bekmuratov To'lqin Fayziyevich 5-yanvar kuni 85 yoshida vafot etdi.

 

Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti sohasida yirik olim, OʼzR FA akademigi Kim Vladimir Vasilevich 8-aprel kuni 92 yoshida vafot etdi.

 

Fizikaviy elektronika sohasida jahonda tanilgan yirik olim, OʼzR FA akademigi Rasulev Oʼtkir Xasanovich 4-may kuni 82 yoshida vafot etdi.

 

OʼzR FА “Fizika-Quyosh” IIChB qoshidagi Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri, geliotexnika sohasida yetakchi amaliyotchi olim Аbdujabbor Аbduraxmonov 21-iyunda 75 yoshida vafot etdi.

 

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʼlimi

raisi oʼrinbosari, iqtisod fanlari nomzodi Ismoilova Mastura Аxmatovna 5-iyul kuni vafot etdi.

 

Mikrobiologiya sohasida yetakchi olim Mahmud Zakirovich Zakirov 14-iyul 93 yoshida vafot etdi.

 

O‘zR FA San'atshunoslik institutining yetuk olimasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Abulqosimova Xanjara Nosirovna 15-iyul 87 yoshida vafot etdi.    

 

Qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasini issiqlikka aylantirish va undan foydalanish sohasidagi yirik olim, professor Rabbanaqul Avezov 4-iyulda 80 yoshida

 

Noorganik kimyo sohasidagi yetuk olim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, "Kompleks birikmalar kimyosi" ilmiy maktabi asoschisi, O'zR FA akademigi Parpiyev Nusrat Agzamovich 24-iyulda vafot etdi.

 

OʼzR FА Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixshunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva 2-avgust vafot etdi.

 

Yarim o'tkazgichlar fizikasi sohasidagi yirik olim,  O'zR FA akademigi Bahodirxanov Muhammad Kabir Sayidxon o'g'li 19-avgust kuni 80 yoshida vafot etdi.

 

OʼzR FA Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor boʼlimi mudiri, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Mamatquli Joʼrayev 24-avgust kuni 65 yoshida olamdan oʼtdi.

 

Materialshunoslik sohasidagi yirik olim, texnika fanlari doktori, professor Аbdujabbar Аbduraxmanov 7-sentyabr kuni vafot etdi.

 

Seysmik rayonlashtirish sohasidagi taniqli olim, O‘zR FA Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Аrtikov Turdali Usmonaliyevich 21-sentyabrda vafot etdi.

 

O‘zR FA Materialshunoslik instituti direktori o‘rinbosari, texnika fanlari doktori Mirzasulton Mamatkosimov vafot etdi.

 

Lazer fizikasi va texnologiyalari, nochiziqli optika va spektroskopiya sohalarida dunyoga tanilgan olim, O‘zR FA akademigi Timurbek Usmonov 22-dekabr kuni 79 yoshida vafot etdi.

 

Eksperimental yadro fizikasi sohasida tanilgan olim, O‘zR FA akademigi Tolib Musaevich Moʼminov 22-dekabr kuni 78 yoshida vafot etdi.

 

Har bir mamlakat tarixini yorqin insonlar belgilaydi. Ular hayoti, zehni, bilimi, ma'naviy хususiyatlari, izlaridan ergashtirish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular shunday insonlar edi. O’tganlarning oxiratlari obod bo’lsin!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!