Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorijdagi matematik vatandoshlar bilan yana bir vebinar


O’zR FA Matematika instituti tashabbusi bilan Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan matematika sohasidagi kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilar uchun xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda “onlayn” malaka oshirish darslari vebinar shaklida tashkil etilmoqda. 2020-yil 8-iyul kuni vebinarda Birlashgan Arab Amirliklari universiteti, BAA  (The United Arab Emirates University, Abu Dhabi)  professori Farrux Muhammedov ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Vebinarda Birlashgan Arab Amirliklari davlatida matematika fani va uning rivoji uchun yaratilgan sharoitlar, universitetlarda matematika ta'lim yo'nalishdagi va boshqa yo'nalishdagi talabalariga matematika fanini o'qitish metodologiyasi, rejalari va dasturlari hamda ilmiy faoliyatlarning qanday tashkil etilganligi to'g'risida ma'lumot berildi va o’zaro fikr almashildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!