Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorijdagi matematik vatandoshlar bilan vebinarlar boshlandi


O'zR FA Matematika instituti tashabbusi bilan Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan matematika sohasidagi kafedra mudirlari hamda professor-oʼqituvchilar uchun xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda “onlayn” malaka oshirish darslari vebinar shaklida tashkil etilmoqda. 2020-yil 6-iyul kunigi vebinarda Kaliforniya shtati universiteti, АQSh (California State University, Fullerton – CSUF) professori Zair Ibragimov maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. Vebinarda Аmerika qoʼshma shtatlarida matematika fani va uning rivoji uchun yaratilgan sharoitlar, universitetlarda matematika taʼlim yoʼnalishdagi va boshqa yoʼnalishdagi talabalariga matematika fanini oʼqitish metodologiyasi, rejalari va dasturlari hamda ilmiy faoliyatlarning qanday tashkil etilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berildi.

 

Navbatdagi vebinarlar:

1. 2020-yilning 7-iyul kuni soat 14:00 da MARA texnologiyasi universtiteti, Malayziya (Universiti Teknologi MARA -UiTM) professori Isomiddin Raximov;

 

2. 2020-yilning 8-iyul kuni soat 14:00 da Birlashgan Аrab Аmirliklari universiteti, BАА (The United Arab Emirates University, Abu Dhabi) professori Farrux Muhammedov.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!