Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro hamkorlik samarasi: olimlar e’tirofi


Latviya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida Latviya Respublikasi tomonidan eʼlon qilingan ilmiy-tadqiqotlar tanlovida g’olib boʻlgan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining katta ilmiy xodimi Urol Maxmanov hozirda Latviya universitetida bo’lib turibdi. Universitetda yangi fizikaviy xossalarga ega bo‘lgan nanozarrachalar va nanomateriallar sintez qilish boʻyicha Latviya olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda. Yuqori aniqlikdagi mikroskopik va spektroskopik qurilmalar yordamida qattiq taglik sirtida nanozarrachalar eritmalari tomchilaridan erituvchi bog’lanishi jarayonida yangi xossalarga ega nanoklasterlar hosil bo‘lishi aniqlandi.

Urol Maxmanovning shu yo`nalishda olingan ilmiy natijalari asosida Latviya universitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalarda qilgan ma’ruzasi Latviya olimlari tomonidan e’tirof etildi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!