Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkent shahrida O'zbekiston tabiatiga xos bo’lmagan toshbaqa turi aniqlandi


Qizilquloq botqoq toshbaqasi (Trachemys scripta elegans) Amerika qo'shma shtatlarining sharqiy va Meksikaning shimoliy-sharqiy hududlari turli suv havzalarida keng tarqalgan. Yosh toshbaqachalar juda yoqimtoy va chiroyli bo'lgani uchun, bu toshbaqa akvaryumistlar va terrariumistlar orasida keng tarqalgan hamda ularni boqish qiyinchilik tug'dirmaydi. Ushbu faol miniatyur mavjudotlarning qalqoni, boshi va oyoqlarida yorqin sariq, qizil chiziqlari bor va ular akvaterrariumlar, akvariumlar va dekorativ suv havzalarida juda yaxshi yashaydi. Lekin, toshbaqa tez katta bo'lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig'may qoladi va aholi o'z toshbaqalarini ochiq suv havzalariga qo'yib yuboradilar. Keyin toshbaqa bu suv havzasida o'z faoliyatini boshlaydi va davlat uchun muammoga aylanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizilquloq botqoq toshbaqasini o'simlik va hayvonlar invaziv turlar yuztaligi ro'yxatiga kiritdi. Bugungi kunga kelib ushbu tur 30 ga yaqin mamlakatda qayd etilgan.

Bu hayvonlarning tabiatga bevosita zarari ularning hammaxo'rligi bilan bog'liq. Yopik kichik suv havzalari tizimida Qizilquloq botqoq toshbaqasining hatto bitta individi ham noyob yoki kam sonli organizmlar sonining jiddiy pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Noyob suv o'simliklari, deyarli barcha amfibiyalar (katta individlariga hujum qiladi, lichinkalari bilan oziqlanadi), ninachilar kabi hasharotlarning lichinkalari va boshqa ekotizimlarning faoliyati uchun muhim bo'lgan boshqa noyob suv va yaqin oldi umurtqasiz hayvonlarning potentsial kamayishiga olib kelishi mumkin.

Shu vaqtgacha bu tur, respublikamiz hududida, faqat uy sharoitidan uchrardi. Biroq 2019-yilning kuzida baliqchilar tomonidan Burjar kanalida Qizilquloq botqoq toshbaqasining 4 ta individi uchrashuvi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu hududda olib borilgan bir necha tadqiqotlar natijasida 2020-yilda qishlagan individ topildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu turni O'zbekiston Respublikasi suv havzalarida tarqalishi mumkin. Toshkentning ko'pgina kanallari Chirchiq daryosi o'zaniga quyiladi. Chirchiq daryosi o'z navbatida Sirdaryoga quyiladi. Sirdaryo daryosi esa mamlakatimizning asosiy suv havzalaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonning iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Qizilquloq botqoq toshbaqasi oson qishlashi, ko'payishi va suv havzalari bo'ylab keng tarqalishi mumkin.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!