馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkent shahridan yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi


Toshkent shahar, Yashnabod tuman, “Ibrat” MFY, Iftixor ko始chasida joylashgan “Changallik” qabristonida arxeologik kuzatuv-qidiruv ishlari olib borildi. Koordinatasi: 41°18'3.37"S; 69°24'55.07"V.

Chirchiq daryosining o始ng tomonida, daryo o始zanidan 220 metr uzoqlikdagi ushbu qabriston shimoli-sharqdan janubi-g始arbga cho始zilgan. Uning uzunligi 390, kengligining qisqa joylari – 75, eng keng joyi esa 125 metrgachani tashkil qiladi. Bu qabristonning o始rtasida yon-atroflardagi tekislikdan balanligi 2 metr, kattaligi 0.44 gektar keladigan to始rtburchak shakldagi tepalik ajralib turadi. Bu tepalik ko始zdan kechirilganda uning arxeologik yodgorlik o始rni ekanligi aniq bo始ldi. Tepalik sirtidan 9-10-asrlarga oid bo始lgan sirlanmagan, ammo qora bo始yoq oqizib va tirnab bezak berilgan sopol idish namunalari, 20x20x3-35 santimetr hajmdagi pishgan g始ishtlar topildi.

O始rganilgan tepalik eskidan qabristonga aylantirilgan bo始lib, uning butun maydonini kichik-kichik do始nglik va chuqurchalar egallagan. Bu notekisliklarni ko始zdan kechirish jarayonida ulardan birining ustiga marmartoshdan uzun qilib yo始nib, yoniga arab harflarida yozuvlar o始yib yozilgan yodgorlik – qabrtoshi qo始yilganligiga duch kelindi. Bu qabr tosh undagi yozuvlarga qaraganda 1317-yili vafot etgan shaxsga atab qo始yilgan.

 

Bu qabr toshdan tashqari yana ikki dona shunga o始xshash qabrtoshlar qabristonning alohida joyga olib borib qo始yilgan ekan. Ulardan biriga 1295, ikkinchisiga 1313 soni yozilgan. Qabr toshlardagi yillar hijriy-qamariy yil hisobida yozilgan bo始lib, ular milodiy 19-asrning 4-choragiga to始g始ri keladi.

 

Bulardan tashqari, qabriston qorovulining qabrlarni suvash uchun keltirilgan tuproq orasidan chiqqan va ancha paytdan buyon asrab-avaylab saqlab kelinayotgan ko始zacha ham davlat muzeylariga topshirish uchun olindi.

Yuqoridagilar “Changallik” qabristonining arxeologik yodgorlik ekanligini, uning 9-10-asrlarda qishloq o始rni bo始lganligini, 19-asrdan boshlab qabriston vazifasini o始tab kelayotganligini ko始rsatmoqda.

 

Dilmurod Normurodov, tarix fanlari bo始yicha falsafa doktori.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!