Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkent manzaralari: kecha va bugun


Dunyoda shunday buyuk shaharlar borki, ular nafaqat qadimiy tarixi, murakkab va shonli rivojlanish yoʼli, balki asrlar, ming yillar davomida bajarib kelgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy vazifasi bilan ham, avvalo, oʼz xalqi, qolaversa, butun bashariyat hayotida har tomonlama chuqur iz qoldirgan va shuningdek, milliy iftixor va taraqqiyot ramziga aylangan. Hech shubhasiz, ularning orasida azim Toshkent shahrining oʼrni va ahamiyati beqiyosdir.

Shu munosabat bilan zamonaviy Toshkentning meʼmorchiligi, tasviriy va amaliy sanʼati, ularning kecha va bugunini koʼrsatib berish maqsadida FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyining filiali Toshkent muzeyida "Toshkent manzaralari: kecha va bugun" nomli koʼrgazma tashkil etildi.

Koʼrgazma Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi va Oʼzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi bilan hamkorlikda oʼtkazildi.

Koʼrgazmada Toshkentning mahobatli binolari, zamonaviy va tarixiy katta-kichik koʼchalari, odamlari, mehmonlarining madaniy hordigʼi, Toshkentning XX asrdagi manzaralari tasvirlangan tarixiy foto hujjatlar namoyish etildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!