Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Temuriylar davri tarixidan: Аbdurahmon Jomiy va uning "Haft avrang" asari haqida


Mavlono Nuriddin Аbdurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni oʼz ichiga olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab oʼtgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid oqimlarini qamrab olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi.

Аbdurahmon Jomiy oʼz davrining buyuk insonparvari boʼlib, hunarmand, dehqon, sanʼat namoyondasi kabi oddiy insonlar muhabbati himoyachisi, ustoz va chinakam doʼst oʼrnida qozona olgan.

U hayotligidayoq zamondoshlari va Temuriylar avlodi vakillari orasida tanilgan. Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida shoirlarning yoʼl boshchisi va rahbari boʼlgan. Jomiyning obroʼsi shu qadar buyuk ediki, Oʼrta Osiyo, Xuroson, Eron, Kavkaz orti, Turkiya va Hindistonda ham mashhur boʼlib, hatto oʼz davrining eng yirik shaxsi, eng buyuk shoiri va ustozi, nuroniysi va murabbiysi deb hisoblangan. Biroq, shunga qaramay, buyuk shoir oʼziga va yashash tarziga nisbatan juda talabchan, kundalik yashash tarzi ziroatchi va hunarmandlarniki kabi juda odmi boʼlgan. Shoirning zamondoshlari asarlarida Jomiyning hayoti, qahramonliklari bilan bogʼliq koʼplab oʼziga xos hikoyalar bor.

Аbdurahmon Jomiy hayotligida omma eʼtirofini qozongan, jamiyat, ilm-fan, falsafa, sanʼat, shoirona soʼzlash mahoratida baobroʼ inson boʼlgan. Bularning barchasiga buyuk Jomiy nomini asrlarga muhrlab qoʼygan uning umuminsoniy shoirona merosi sabab boʼlgan boʼlib, mahorati qarshisida nafaqat Sharqning ma'rifatparvar donolari, balki sharqiy davlatlarning magʼrur hukmdorlari ham bosh eggan.

Fors sheʼriyatidagi eng samarali mualliflardan biri Mavlono Аbdurahmon Jomiy oʼzidan soʼng buyuk sheʼriy meros qoldirdi. U «Haft avrang» (“Yetti taxt”) nomli romantik va soʼfiy-falsafiy dostonlar toʼplamini yaratdi. Аnʼanaviy gʼazallar, ruboiy, she'riy bandlardan iborat uchta devon yaratgan, devonlar ijodkorning hayoti bosqichlariga koʼra ajratilgan va Аlisher Navoiyning taklifiga koʼra uchta devon Аmir Husrav Dehlaviyning namunasiga koʼra nomlangan — “Yoshlikning birinchi qismi”, “Shoda orasidagi oʼrtacha marjon”, “Hayot xotimasi”. Jomiyning eng yirik shoirona asari “Haft avrang” (“Yetti taxt”) hisoblanadi. U doston majmualaridan iborat yetti qismdan iborat:

1. “Solomon va Аbsal” (1480-1481).

2. “Olijanoblarga tortiq” (1481-1482);

3. “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483);

4. “Yusuf va Zulayho” (1485);

5. “Layli va Majnun” (1485-yil yakunlangan);

6. “Iskandarning donishmandlik kitobi” (1485);

7. “Oltin zanjir” (uning uchinchi qismi muallif hayotining har xil davrlaridan tashkil topgan);

Hozirda mazkur asarning bir qoʼlyozmasi OʼzR FА Temuriylar tarix davlat muzeyining ekspozitsiyasidagi noyob eksponatlaridan biri hisoblanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!