Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Sohibqiron Аmir Temurga ehtirom” nomli tadbir oʼtkazildi


OʼzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahar hokimiyati, Xalqaro Аmir Temur jamoat fondi, Oʼzbekiston Qurolli kuchlari muzeyi, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 686 yilligiga bagʼishlangan “Sohibqiron Аmir Temurga ehtirom” nomli tadbirlar turkumi oʼtkazildi.

  

Poytaxtimiz markaziy maydoni – Аmir Temur xiyobonida davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari hamda talaba-yoshlar ishtirokida tantanali yigʼilish boʼlib oʼtdi. Mehmonlar tomonidan ulugʼ Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qoʼyildi.

Shundan soʼng, yigʼilganlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” harbiy teatri, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 153-maktabning musiqiy-badiiy chiqishlari boʼlib oʼtdi.

 

Shuningdek tadbir davomida tomoshabinlar muzeyda tashkil etilgan “Temuriylar davri madaniyati rassomlar ijodida” va “Yangi Sanganak” xazinasi nomli yangi koʼrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!