Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi keng nishonlanmoqda


2019-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda Sohibqiron tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur ilm-fan, madaniyat homiysi” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, sotsiologiya fanlari doktori Abdusalom Umarovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, kun davomida “Buyuk davlat arbobi, muzaffar sarkarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy qism askarlari va ofitserlari qatnashdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!