Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Samarali ilmiy hamkorlik


2019-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Xitoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va Geografiya instituti Xinjiang bo‘limi  ilmiy xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda O‘zR FA Botanika instituti, Toshkent Botanika bog‘i ilmiy xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi professor Orolova Marina Vladimirovna ishtirok etdi.

 

Seminarda xitoylik olimlarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi. Ma’ruzalar so‘ngida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Seminar yakunida O‘zR FA Botanika instituti va XItoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti Xinjiang bo‘limi bilan hamkorlikda 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan “Uzbekistan Desert Plant Diversity and Specimen Digitization Research” mavzusidagi xalqaro loyihaning muhokamasi bo‘lib o‘tdi va loyiha doirasida kelishuvlarga erishildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!