Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Rutan” preparati 2015-yilda yaratilgan


Hozirda turli ommaviy axborot vositalarida muhokama qilinayotgan "Rutan" preparati O'zR FA Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Sh.I.Salixov rahbarligida uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida yaratilib, klinik sinovlardan muvaffaqqiyatli o'tgan va 2015-yilda tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun ruxsat berilgan.

Preparat gripp virusining turli shtammlariga nisbatan samarali ta'sirga ega bo'lgan, zamonaviy tibbiyotda qo'llaniluvchi analoglari bilan raqobatlasha oladigan viruslarga qarshi kurashuvchi samarali vosita hisoblanadi.  (https://www.youtube.com/watch?v=9aOHMZCNJxQ&t=1s)

“Rutan” preparatining organizmda endogen interferonning sintezini 8-10 marotaba kuchaytirishini va turli viruslarga qarshi kurashda immun statusini tezda oshirishini ko'rsatgan. Tadqiqotlar Rossiya virusologlari bilan hamkorlikda olib borilgan. Keyinchalik O'zbekistonda  Virusologiya instituti va Respublika patalogo-anatomik markazi xodimlari bilan hamkorlikda davom ettirilgan. 

Avval xabar qilganimizdek, (http://academy.uz/uz/news/ilmiy-hamkorlik-natijalari-dolzarb-masalalar-yechimi) xitoylik hamkorlar tadqiqoti natijasida “Rutan” preparati SARS-Cov-2 virusini gidrolaza orqali ingibirlash darajasi 78,3 % tengligi aniqlangan. Shu bilan birga qoʼshimcha va nojoʼya taʼsirlari yoʼqligi, toksiklik darajasi nihoyatda past boʼlgani uchun viruslarga qarshi qoʼllanilayotgan boshqa dori vositalariga nisbatan uning davolash samarasi yuqori boʼlishi mumkin degan xulosa keltirilgan.

Shinjon fizik-kimyoviy texnika instituti oʼzining taʼsischiligida Toshkent shahrida tashkillangan va 2018-yilda ishga tushirilgan “China-Uzbekistan technical park” texnoparkida “Rutan” dori vositasini ishlab chiqarishni taklif qilgan va joriy yil 9-iyun kuni mutasaddi rahbarlar ishtirokida ushbu preparatning dastlabki partiyasi O`zR Sog’liqni saqlash vazirligiga topshirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!