馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq hududlarida ekstremal sharoitlarda qo始llash uchun foto-issiqlik qurilma


O始zR F袗 Fizika-texnika institutida qishloq hududlarida ekstremal sharoitlarda qo始llash uchun foto-issiqlik qurilma ishlab chiqildi.

Kristalli kremniydan tayyorlangan fotoelektrik batareyalar asosidagi quvvati 300 Vt bo始lgan foto issiqlik qurilmasi (FIQ) respublikaning qishloq hududlarida yil davomida elektr energiyasi va issiq suv olish uchun mo始ljallangan.

 

Qurilmani tayyorlashda qishloq xo始jaliklarida yashovchi aholiga yoz va qish ob-havo sharoitlarida elektr va maishiy texnika vositalaridan foydalanishda qulaylik yaratish zarurligiga e始tibor qaratilgan. Idishlarni yuvish, oila a始zolarining yuvinishlari va dush qabul qilishlari uchun harorati 70°C gacha bo始lgan issiq suv olishda FIQ bilan "袗riston" tipidagi elektr suv isitgichlarini birgalikda ishlatish ko始zda tutilgan.

FIQ zamonaviy kontroller, GEL tipidagi akkumulyatorlar, invertor, zamonaviy tayanch konstruktsiya va issiq suvni saqlash uchun 300 litr hajmli idish bilan jihozlangan. Qurilma parametrlarining quyoshli tabiiy sharoitlarga bog始liqligi o始rganilgan va quvvati 600 Vt gacha bo始lgan ~ 220 V, – 12 V va –5,4 V kuchlanishga mo始ljallangan iste’molchilar uchun loyihalash va ishlab chiqarish bo始yicha tavsiyalar berilgan.

Qurilma Fizika-texnika institutining geliopoligoni sharoitida sinovlardan muvafaqqiyatli o始tkazildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!