Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Polivinilxlorid asosida kabel qoplamalari uchun kompozitsiyalar


Hozirgi vaqtda polimerlar asosida olingan mahsulotlar qishloq xo'jaligi, avtomobilsozlik, qurilish materillari va boshqa ko'pgina tarmoqlarda juda keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Xususan, mamlakatimizda ham sintetik polimerlarning bir necha turlari - polipropilen (PP) (“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ korxonasi), polietilen (PE) (Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi), polivinilxlorid (PVX) («Navoiyazot» AJ  korxonasi) turli xil markalarda ishlab chiqarilib, xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan yuqorida mazkur polimerlar asosida turli ekspluatatsion  xossali polimer mahsulotlar  olish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

 

Institut va “UZKABEL” AJ korxonasi bilan tuzilgan xo'jalik shartnomasi doirasida  polivinilxlorid (PVX) asosida kabel qoplamalari uchun kam tutun hosil qilish ko'rsatkichiga ega bo'lgan qiyin yonuvchan kompozitsiya olindi. Olingan kompozitsiya yong'inli muhitda qiyin alangalanish xossasini namoyon qilib, yong'inda zaharli tutun chiqarish ko'rsatkichi kam, kislorod indeksi ko'rsatkichi yuqori, hamda yong'in xavfsizligi talablariga javob beradi.

Hozirgi vaqtda kompozitsiyalarning sinov partiyasi chiqarilib, mazkur namunalarni kabel qoplamalarida qo'llash bo'yicha sinovlar olib borilmoqda.

Ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirgan holda polivinilxlorid/polietilen polimer aralashmalari asosida yuqori samarali  kompozitsiya olish maqsadida izlanishlar  olib borilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!