Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi


Hozirgi paytda tarkibida shakar hisoblanmagan, ammo shirin moddalar saqlovchi 15 dan ortiq oʼsimlik turlari maʼlum. Ushbu oʼsimlik turlaridan olingan steviozid strukturali glikozidlarga oziq-ovqatda shirinlashtiruvchi vosita sifatida isteʼmol qilishga ruxsat berilgan.

Soʼnggi yillarda Surxondaryo va Toshkent viloyalarning barcha tumanlarida steviya oʼsimligini madaniylashtirish va koʼplab yetishtirish boʼyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Fanlar akademiyasi Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida steviya oʼsimligi yer ustki qismi xom-ashyosidan shirinlik koʼrsatkichi shakarga nisbatan 200 barobar boʼlgan Sweetlife - I shirinlatgichi va shirinlik koʼrsatkichi shakarga nisbatan 250-300 barobar boʼlgan Sweetlife - II mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarish texnologiyasi hamda sanoat qurilmasi yaratildi va mahsulotlarning ilk namunalari ishlab chiqarildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!