Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston seysmologik atlasi tayyorlandi


Oʼzbekiston hududida kuzatilgan zilzilalarni kartografik jihatdan tasvirlash, zilzila jarayonlarini hozirgi tendensiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini baholash shuningdek, mamlakatimizning seysmik xavfi yuqori boʼlgan mintaqalarida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan zilzilalarga qarshi koʼriladigan chora-tadbirlarni rejalash maqsadida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Gʼ.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan “Oʼzbekiston Seysmologik atlasi” loyihalandi va tuzildi.

“Oʼzbekiston Seysmologik atlasi” 7 bobdan iborat boʼlib, oʼz ichiga 70 dan ziyod xaritalarni mujassamlashtirgan. Аtlasda zilzila jarayonlariga oid xaritalardan tashqari geologik, tektonik va boshqa mavzulardagi xaritalar ham oʼrin olgan.

Taʼkidlash joizki, “Oʼzbekiston Seysmologik atlasi” Seysmologiya institutida turli yillarda faoliyat koʼrsatgan va hozirda oʼz faoliyatlarini olib borayotgan olimlarning koʼp yillik ilmiy izlanishlari natijalari asosida tayyorlandi. Mazkur atlasdan nafaqat geologiya, seysmologiya yoʼnalishi mutaxassislari, umuman Yer haqidagi fanlar bilan bogʼliq yoʼnalishlarda tahsil olayotgan magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, professor oʼqituvchilar va qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

“Oʼzbekiston Seysmologik atlasi” mustaqilligimizning 30 yillik yubileyiga bagʼishlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!