Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Oʻzbekiston – Rossiya: qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi


Joriy yilning 19-fevral kuni  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi delegatsiyasi Rossiya Federal Davlat ilmiy markazi Butunrossiya parrandachilik texnologiya va ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomon o'rtasida parrandachilik sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, hamkorlikda xalqaro anjumanlar o'tkazish, tayanch doktorantlar va ilmiy-xodimlarni qisqa muddatli trening kurslarga jo'natish, ilmiy markaz tizimida tashkil etiladigan parrandachilik markaziga naslli parrandalar olib kelish,  soha bo’yicha qo'shma ilmiy-amaliy loyihalar olib borish masalalari kelishib olindi va O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!