Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʻzbekiston-Rossiya: ilm-fan sohasidagi hamkorlik


Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti Rossiya Federatsiyasining turli muassasalari bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Masalan, Institutda ishlab chiqiladigan Allapinin preparati 2008-yilda Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan va uni etkazib berish boʻyicha eksport shartnomasi tuzilgan. Bu shartnoma har yili yangilanib boriladi. Shuningdek, galantamin gidrobromid hamda ekdisten preparatlari uchun Rossiya Federatsiyasi guvohnomasi olingan. Ushbu Allapinin, galantamin gidrobromidi, ekdisten va biologik faol qo`shimcha – eksumid preparatlari tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun Rossiya Federatsiyasining dori-darmonlar davlat reestriga kiritilgan.

Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida roʻyxatdan oʻtish uchun Institutda ishlab chiqilgan yangi antiaritmik preparat - aksaritminin moddasi boʻyicha dastlabki ishlar olib borilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!