Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblariga guvohnomalar topshirildi


2020-yil 3-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligida 2020-yil uchun tayanch doktorantlar oʼrtasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari g’oliblari guvohnomalarni topshirishga bag`ishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalarni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri oʼrinbosari U.Begimkulov topshirdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tayanch doktoranti Muxayyo Аtamuratova Prezident stipendiyasi tanlovida tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yoʼnalishi boʼyicha gʼolib deb topildi.

Yosh tadqiqotchi Muxayyo Аtamuratovaga kelgusidagi ishlariga muvafaqqiyatlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!