Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan tadbir


Bugun, 11-dekabr kuni Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida “Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlar va aholi oʼrtasida tushuntirishga qaratilgan tadbir oʼtkazildi. Unda FА Seysmologiya hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari, soha mutaxassislari, Toshkent shahar hokimligi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi, Toshkent shahar Sogʼliqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni FА vitse-prezidenti, professor S.Mirzayev ochib berdi. Shundan soʼng Seysmologiya instituti direktor oʼrinbosari, professor V.Ismailov va FVV boshqarma boshligʼi Q.Qoʼchqorov maʼruzalari tinglandi, muhokama qilindi hamda va savollarga javob berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!