G始ayratdin Xojaniyazov 1948-yili Qorao始zak tumanida tug始ilgan. 1972-yili O始zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog始iston filialining N.Davqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutining arxeologiya bo始limiga ishga kirgan. Keyinchalik Moskva davlat universitetida, Moskvadagi Fanlar akademiyasining 袗rxeologiya institutida tajribasini orttirgan.

1994-yildan boshlab O始zR F袗 Qoraqalpog始iston bo始limi tassarufida yangi ochilgan Tarix, arxeologiya va etnografiya institutining arxeologiya bo始limiga dastlab ilmiy xodim, so始ngra bo始lim boshlig始i lavozimlarida ishlagan. Hozirda O始zR F袗 Qoraqalpog始iston bo始limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining arxeologiya bo始limining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
袗rxeolog Qoraqalpog始istondagi ko始plab tarixiy hududlardagi arxeologik yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan va ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan.
G始.Xojaniyazovning ilmiy mehnat faoliyati davlatimiz tomonidan muvofiq baholangan, 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan bo始lsa, 2008-yili “O始zbekiston Qahramoni” buyuk unvoniga sazovor bo始lgan, 2014-yilda Qoraqalpog始iston Respublikasi Jo始qorg始i Kengashiga deputat, 2015-yilda esa O始zbekiston Respublikasining Senat a始zosi etib saylangan.
O始zbekiston Qahramoni, taniqli arxeolog G始ayratdin Xojaniyazov vafoti munosabati bilan marhumning oila a始zolari va yaqinlariga O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda ko始p sonli shogirdlari nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz!