Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasi yubiley sessiyasida ishtirok etdi


Avval xabar qilganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev ham FА bosh ilmiy kotibi Gʼ.А.Baxadirovlar Qozogʼiston Milliy fanlar akademiyasi prezidenti M.Jurinov taklifiga binoan Qozogʼistonda safarda boʼlib turibdilar.
Bugun, 1-iyun kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Qozog'iston Milliy fanlar akademiyasininig 75 yillik yubiley sessiyasida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti K.K.Tokayev qatnashdi va Milliy fanlar akademiyasi jamoasini tabrikladi. Fanning insoniyat taraqqiyotida tutgan o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi.

Tantanali tadbir davomida O'zR FА prezidenti B.S.Yuldashevga Qozog'iston Milliy fanlar akademiyasi oltin medali topshirildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan B.S.Yuldashevni mazkur mukofot bilan tabriklaymiz, ularga sihat-salomatlik, ilm-fan ravnaqi yo'lidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!