Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovi g’oliblari taqdirlandi


Joriy yil 26-fevral kuni INXA universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutidan Ahmedova Zahro Rahmatovna  “Eng yaxshi sanoat namunasi” nominatsiyasi 1-o`rinni egalladi.

Shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasidagi xattotlik bo‘yicha “Usta-shogird” guruhi rahbari Nafisa Zargarova “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g’oliblarini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz va kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!