Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbek olimasi “Mustay Karim o‘qishlari” Xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi


Joriy yil 3-4-oktabr kunlari Ufada Boshqirdiston xalq shoiri Mustay Karimning 100 yilligi munosabati bilan Ufa shahrida “Mustay Karim o‘qishlari” doirasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  bo‘lib o‘tdi.

  

Konferensiyada Rossiya va MDH mamlakatlari milliy va akademik kutubxonalaridan kelgan 200 dan ortiq ilmiy doiralar vakillari qatnashdilar. Shu qatori O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi G.Sattorova ham ishtirok etdi. Anjuman doirasida o’tkazilgan Xalqaro tanlovda G.Sattorova xalqaro ekspert sifatida qatnashdi.

 

Konferensiyaning maqsadi Boshqirdiston xalq shoiri Mustay Karim asarlarining badiiy va falsafiy talqini, ularning butun dunyo madaniy-tarixiy jarayondagi ahamiyati, o‘rni va roli haqida fikr almashishdir.

Anjuman davomida matbuot anjumani, o‘zaro davra suhbatlari tashkil etildi.  Suhbatlarda M.Gorkiy nomidagi Moskva davlat universiteti, Ismoil Gaspirali nomidagi Qrim milliy kutubxonasi, Qozog‘iston akademik kutubxonasi vakillari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan ilmiy hamkorlikni kengroq yo‘lga qo‘yish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Anjuman yakunida “Mustay Karim” fondi direktori Alfiya Karimova qatnashchilarga pul va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi. Tanlovda ekspert sifatida ishtirok etgan barcha mehmonlarga Mustay Karim asarlarining 10 jildligi esdalik sifatida topshirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!