Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani


2019-yil 10-oktyabr kuni O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi” Qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi”  Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

 

Uch sho‘badan iborat mazkur anjumanda respublikamizning ITM va OTMlaridan oltmishdan ortiq professor, o‘qituvchi, tadqiqotchi, doktorant va magistrlar ishtirok etishdi.

  

Anjuman doirasida  O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida madaniy meros durdonalari, nodir manbalarni o‘rganishda amalga oshirilgan eng yangi ilmiy tadqiqotlar bilan keng jamoatchilik tanishtirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!