Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Muzeylar madaniyat markazi


Joriy yil 17-may kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi va Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida “18-may Xaqaro muzeylar kuni”ga bag‘ishlangan “Muzeylar madaniyat markazi sifatida: an’analar kelajagi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi vakillari ishtirok etdi.

  

Ma’naviy-ma’rifiy seminar o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqimiz qalbida tarixiy xotira, buyuk o‘tmishimizga dahldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirishdan va jamiyatimizning sog‘lom kuchlarini, ayniqsa yoshlarni tarixiy tafakkurini  uyg‘otish va ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirishdek olijanob ishlarga xizmatidan iboratdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!