Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti tashrifi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti D.Regdel tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zR FA prezidenti B.Yuldashev, vitse-prezidentlari kutib oldi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

 

O‘zR FA prezidenti tomonidan tarix, arxeologiya sohalarida hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, botanika, zoologiya hamda astronomiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi. Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti bu takliflarni ma’qulladi hamda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv so‘ngida Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!