Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yangi energiya manbalari asosidagi zamonaviy avtomobil texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar


O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “HENAN SUDA ELECTRIC VEHICLE CO., LTD.”, Turin politexnika universiteti hamda O’zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti tomonidan “Yangi energiya manbalari asosidagi zamonaviy avtomobil texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminar yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobilsozlik sanoatining dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.  Seminarda quyidagi sohalar bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi va muhokama qilindi:

  1. O‘zbekistonda avtomobil sanoatining hozirgi holati;
  2. Zamonaviy texnologiyalar va yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy strategiyasi;
  3. Avtomobil sanoatining yangi energiya manbalariga oid qonunchilik va siyosat;
  4. O‘zbekistonda avtomobilning yangi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari.

Kompaniya mahalliy va xorijiy ko‘plab tadqiqot muassasalari bilan keng miqyosli texnologik almashinuv va hamkorlikda ish olib boradi. Akademik Se Yubo, akademik Mishel, professor Syuy Jun, professor sao Bingan, professor szin Guanszы, professor Chen syuanshi, professor Ma Mintu, fan doktori Li Fuxo va yuqori malakali muxandis Chjan Sifu raxbarligida 100 dan ortiq mutaxassislar va olimlar guruhi yig‘ilgan, shuningdek ekologik toza elektr transport vositalarini loyihalash va ishlab chiqarish, tadqiqot va rivojlantirish, strategik rejalashtirish va marketing bilan shug‘ullanadigan ko‘plab mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi. Tadqiqot va ishlab chiqarishning nisbatan mukammal tizimini yaratib, elektr transport vositalari uchun umumiy texnologiyalarni ishlab chiqishni kompaniya va Xenan viloyatidagi yagona ilmiy-tadqiqot markazining qurilishini tasdiqladi.

Seminarda O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zR Transport vazirligi, O‘zR Energetika vazirligi, AJ “O‘zeltexsanoat”, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, AJ “O‘zavtosanoat”, Xorazm viloyati hokimiyati vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomida O‘zbekistonning Quyosh energiyasi xalqaro instituti va Xitoyning «Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd.» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Imzolangan kelishuvda har ikki tomon birgalikda tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ikkala tomon uchun kadrlarni tayyorlash, zaryadlash qurilmalarini joylashtirish rejasini ishlab chiqish, «Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan yo‘lovchi elektr transportlarini ishlab chiqarish uchun marketing rejasini yaratish va amalga oshirish uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida yangi energiya manbalari sohasida “Suda Texnika instituti”ni tashkil qilishga qaror qilindi. Bundan tashqari, yangi tashkil etiladigan “Suda Texnika instituti”da yangi elektr energiyasi manbalari sohasida avtomobillarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha qo‘shma markaz ochish uchun elektr transport vositalari texnologiyalari namoyish galereyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Quyosh energiyasi xalqaro instituti xodimlari uchun doktor Li Fuxoni institutning faxriy doktori – institut mutaxassisi sifatida taklif qilingani katta sharaf bo‘ldi.

 

Seminar bo‘lgan kun, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar va Osiyo hamkorlik kengashlari rahbarlarining 19-yig‘ilishida hamkorlik va ishonchni mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarning Dushanbe shaxridagi beshinchi sammitida ishtiroki bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Yangi energiya manbalari asosidagi zamonaviy avtomobil texnologiyalari mavzusidagi seminarning aynan shu davrda bo‘lib o‘tgani muhim voqea bo‘ldi, o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqotlar sohasida hamkorlik darajasini aks ettiruvchi, shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga imkon berdi. Shu bilan birga, ushbu  seminar o‘zaro siyosiy ishonchning yuqori darajasini hamkorlikning amaliy natijalariga aylantirishga va xalq farovonligini oshirishga imkon berdi. “Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd.” O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va sanoatning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish niyati borligini bildirdi va bu kelajakda o‘z mevasini berishiga ishonamiz.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!